Tarmoq tizimidagi “Farg‘ona kimyo zavodi” MChJda 7-oktabr ‒Butunjahon munosib mehnat kuni munosabati bilan Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Shavkat Tairov ishtirokida kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarga munosib mehnat shart-sharoitlarini yaratib berish borasida korxona kasaba uyushmasi faollari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida Sh.Tairov O‘bekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, yangitdan bunyod etilayotgan sanatoriyalar va bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlari haqida, jamoa shartnomalari orqali korxonalarda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sog‘lomlashtirish va sayohatlar tashkil etish ishlari muntazam olib borilayganligi to‘g‘risida so‘z yuritdi. Bu borada xotin-qizlar va yoshlarga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligini ta’kidladi. Shuningdek, korxona kasaba uyushmasi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan kasaba uyushmasi faollari ma’lumot berdilar.
Shuningdek, xodimlar uchun sog‘lomlashtirish mashqlarini muntazam yo‘lga qo‘yish bo‘yicha korxona mas’ullari bilan suhbatlashildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: