RESPUBLIKA KENGASHI MAJLISLARI

TARMOQ KASABA UYUSHMASI RESPUBLIKA KENGASHI II-MAJLISINING YAKUNLARI TOʻGʻRISIDA

Navbatdagi majlisda tarmoq kasaba uyushmasining 2025-yil davomidagi faoliyati yakunlari muhokama qilindi va navbatdagi vazifalar belgilab olindi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi islohotlar adolat tamoyillari qaror topishiga xizmat qiladi. Bunda, ayniqsa, ishchi-xodimlar manfaatini himoya qiladigan kasaba uyushmalari faoliyati muhimdir.

Oʻtgan davrdagi ishlar tahlili jamoat tashkilotining mehnat, mehnat munosabatlarida mutanosiblikka erishish borasida samarali faoliyat olib borganligini koʻrsatdi. Tizimning barcha boʻgʻinlarida zamonaviy axborot texnologiyalari, elektron vositalar orqali aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotga kirishish imkoniyati yaratilmoqda. Bu esa kundalik hayotiy yoki mehnatga doir muammolarni oʻz vaqtida va hech bir sansolarliksiz oʻz joyida hal etish imkonini berayotir.

Mehnat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, konseptual jihatdan yangi qonunlarni ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazishda kasaba uyushmalarining ishtiroki taʼminlandi.

Print Friendly, PDF & Email