“KEKSALAR UCHUN TURIZM OYLIGI” DOIRASIDA SAMARQANDGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

“Biokimyo” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida korxonaning mehnat faxriylari uchun qadimiy va betakror Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida mehnat faxriylari Samarqandning boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishib, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Shohizinda majmuasi, Bibixonim masjidi hamda Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdilar.

Mazkur sayohat faxriylar uchun unutilmas taassurotlar, samimiy muloqot va maroqli dam olishga boy bo‘ldi.

Bunday ezgu tadbirlar mehnat faxriylariga bo‘lgan ehtirom va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.

Shavkat Toirov

Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Print Friendly, PDF & Email