«GIMNASTRADA ‒ 2022» SPORT TADBIRI O’TKAZILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi «Maxam-Chirchiq» AJ ma’muriyati, kasaba uyushma qo’mitasi va yoshlar ittifoqi hamkorligida korxonaning faol xotin-qizlari va «Madad» faxriylar jamiyatining ayollari o’rtasida «Gimnastrada» sport tadbiri o’tkazildi.

         Sport tadbirida 7 ta jamoa qatnashdi. Qizg`in bahslarga to`la musobaqada   1-o’rinni Nazorat o’lchov asboblari va avtomatlashtirish sexi jamoasi, 2-o’rinni Markaziy laboratoriya jamoasi va 3-o’rinni Harbiylashgan qo’riqlash bo’linmasi jamoasi egalladilar.

        Tadbir so’nggida g’olib va faol ishtirokchi jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email