“ENG NAMUNALI BOSHLANG‘ICH TASHKILOT” KO‘RIK-TANLOVINING TARMOQ RESPUBLIKA BOSQICHI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

Faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich tashkilotlarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, korxona, tashkilot va muassasalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshlang‘ich tashkilotlarning faol ishtirokini ta’minlash, boshlang‘ich tashkilotlardagi kasaba uyushmasi faollarining professional darajasini oshirish, ularda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish, kasaba uyushmalari faollarini, shuningdek yoshlarni kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatiga keng jalb etish maqsadida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining tarmoq respublika bosqichi o‘tkazildi.

Tarmoq korxona, tashkilot va muassasalari kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar baholash mezonlarida belgilanganidek to‘g‘ri va xolis to‘ldirilganligi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining qarori bilan tasdiqlangan komissiya tomonidan “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida Nizom” asosida ko‘rib chiqildi hamda eng yuqori ball to‘plagan boshlang‘ich tashkilot hujjatlari, komissiya xulosasi ko‘rsatilgan bayonnoma hamda Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining ushbu boshlang‘ich tashkilotni Respublika final bosqichiga tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga taqdim etildi.

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika kengashi komissiyasi xulosasiga ko‘ra, 1-o‘rin “Navoiyazot” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasiga, 2-o‘rin “Farg‘onaazot” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasiga va 3-o‘rin Toshkent kimyo-texnologiya instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasiga nasib etdi.

“Navoiyazot” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi ko‘rik-tanlovning Respublika final bosqichida ishtirok etadi.

G‘oliblarni Respublika kengashi nomidan tabriklaymiz!

F.Soxibov

Tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis

 

Print Friendly, PDF & Email