O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 32 YILLIK BAYRAMI DOIRASIDA

Бош саҳифа

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda sex va bo‘linma ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.


Unda jamiyatimiz sex va bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlardan tashkil topgan 14 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan musobaqada quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladilar.  1-o‘rinni  Tog‘-kon majmuasi jamoasi, 2-o‘rinni Kaliy o‘g‘itlar ishlab chiqarish 2-sexi jamoasi va 3-o‘rinni Suv ta’minoti va kanalizatsiya sexi jamoasi.
G‘olib jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email