KEKSA AVLOD VAKILLARI HAMDA YOSHLAR UCHRASHUVI

Бош саҳифа

“Navoiyazot” AJda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik shodiyonalariga bag‘ishlab “YANGI OʻZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ” mavzusida tashkillashtirilgan, korxonada uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan, shu jumladan, rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan keksa avlod vakillari bilan yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi maslahatchisi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi Tolib Mamatovich Saidov, Organika sintezi va nitron tolasi ishlab chiqarishi boshlig‘i o‘rinbosari «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan O‘rinboy Salimovich Xamrayev va “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan 913-sex uchastka boshlig‘i Sunnatillo Suyunovich Safarovlar ishtirok etishdi va yoshlar bilan Istiqlol to‘g‘risidagi o‘z tushuncha va xotiralari bilan o‘rtoqlashishdi.

Print Friendly, PDF & Email