MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirda ishlab chiqarishlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etdilar. Ular Davlat ramzi madh etib, she’rlar o`qidalar.

Qatnashchilar “Davlat bayrog‘iga berilgan eng yaxshi ta’rif”, “Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi eng qiziqarli ma’lumot” va “Davlat bayrog‘i haqidagi eng mazmunli she’r” kabi nominatsiyalarda baholanib, Organik sintez va nitron tolasi ishlab chiqarish sexi xodimlari Dildora Tulayeva, Sitora Farmonova hamda 46-sexning xodimi Yulduzxon Ishniyozova  eng sara ijod namunalaridan o‘qib berib nominatsiyalarda sovrindor bo‘ldilar va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email