YOSHLAR YETAKCHILARI TAQDIRLANDILAR

Бош саҳифа Янгиликлар

Respublikamizda inson manfaatlari yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan, Kimyo va farmatsevtika tarmog’i xodimlarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishda salmoqli hissa qo’shayotgan, kasaba uyushmalari hayotida faollik ko’rsatayotgan kasaba uyushma xodimlari va faollari, mehnat jamoalari va ishlab chiqarish ilg’orlari qatorida bir guruh korxona kasaba uyushmalari tashkilotlari yoshlar bilan ishlash komissiyalari raislari ham Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining “Faxriy yorlig’i” bilan taqdirlandilar.

-Bu kabi e’tibor biz yosh yetakchilarga katta kuch bag’ishlaydi. Kelgusida bundanda samarali faoliyat olib borishga, korxonada ishlab kelayapgan yoshlarni qo’llab-quvvatlashga bor bilim va kuchimiz bilan harakat qilamiz, ‒ deydi, “Qo’ng’irot soda zavodi” MChJ kasaba uyushmasi qo’mitasi yoshlar bilan ishlash komissiyasi raisi B.Kurbanbayev.

Print Friendly, PDF & Email