«DEHQONOBOD KALIY ZAVODI» AJDA G’AZALXONLIK TANLOVI O’TKAZILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

«Dehqonobod kaliy zavodi» AJda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan g’azalxonlik tanlovi bo’lib o’tdi.

Tanlovda jamiyat ishchi-xodimlari g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub g’azallardan ijro etib, roliklar tayyorlashdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ijodiy ishlari tanlovda keltirilgan shartlar asosida bajarilishiga e’tibor qaratildi.

Tanlov natijalariga ko’ra:
Birinchi o’rin: Tikuvchilik sexi tikuvchisi Ro’ziyeva Marg’ubaga;
Ikkinchi o’rin: KO’ICHS konveyer mashinisti Karimova Gulnozaga;
Uchinchi o’rin: Malaka oshirish markazi mutaxassisi Kuchkinova Mahzunaga;
Uchinchi o’rin: KO’ICH sexi konveyer mashinisti O’rinova Sarvinaga nasib etdi.

Qolgan ishtirokchilar kasaba uyishmasi qo’mitasi tomonidan rag’batlantiriladi.

Print Friendly, PDF & Email