“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Бош саҳифа

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda jamiyat direktori Rustam Saliyev yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat olib bordi. Unda 50 ga yaqin yoshlar va mutaxassislar ishtirok etdi.

 Uchrashuvda korxonada yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yosh mutaxassislar va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi, ularning mehnati, huquq va majburiyatlarini himoya qilish masalalari to‘g‘risida fikr yuritildi.

 Jamiyat rahbari tomonidan yoshlar muammolari, savol va takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan, ish stajlarini tiklash, ish uchun maxsus qo‘lqoplarni sifatlisiga almashtirish, ishchilar yotoqxonasining yuvinish xonalari va jihozlarini qishki mavsumga tayyorlash, avtotransport vositalarini ta’mirlash sexi ishchilarini ish joyini ta’mirlash masalalari ko‘tarildi.

Print Friendly, PDF & Email