“GIMNASTRADA-2023” SPORT TADBIRI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq tizmidagi “Maksam-Chirchiq” AJ ma’muriyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va yoshlar ittifoqi hamkorligida korxonaning faol xotin-qizlari va “Madad” faxriylar jamiyatining ayollari o‘rtasida “Gimnastrada” sport tadbiri o‘tkazildi.

  Sport tadbirida 7 ta jamoa o‘zlarining ijodiy sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishdi va yakunda,

      1-o‘rinni – Markazlashtirilgan elektr uskunalarini ta’mirlash sexi jamoasi,   2-o‘rinni – Markaziy laboratoriya jamoasi,     3 -o‘rinni – Xalq iste’mol mollari sexi jamoasi egalladi.

        Tadbir so‘ngida g‘olib va faol ishtirokchi jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shabnam Djalolova

“Maxam-Chirchiq”AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish yurituvchisi

 

Print Friendly, PDF & Email