“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ turli avlod vakillari o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni mustahkamlash, boy hayotiy tajribani yosh avlodga yetkazish, milliy qadriyatlar va ezgu an’analarni davom ettirish maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda ustoz-shogird an’analarini davom ettirish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va insoniy qadriyatlarni avloddan-avlodga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida jamiyat hayotida faol ishtirok etib, o‘zining ibratli hayot yo‘li va mehnati bilan boshqalarga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh nuroniylar hamda o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan faol va tashabbuskor yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: