MOSKVA SHAHRIDA MEHNAT MUHOFAZASI VAKILLARI UCHUN SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

2023-yil 4-7 dekabr kunlari Moskva shahrida Rossiya kimyo kasaba uyushmasi mehnat texnik inspeksiyasining kimyo, neft-kimyo va neftni qayta ishlash sanoati korxonalarida “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning dolzarb masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda Rossiya kimyo kasaba uyushmasining 27 nafar bosh texnik va mehnat texnik inspektorlari Rossiya Federatsiyasining 17 ta regionidan, shuningdek, Rossiya kimyo kasaba uyushmasining taklifiga binoan Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashidan mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassis Sh.Rixsiboyev ishtirok etdi.

Seminar-trening davomida “Shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarishning yagona standart talablariga o‘tish”, “Zararli va xavfli mehnat sharoitida ishlash uchun kafolatlar va kompensatsiyalarni ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlarini qo‘llashning muammoli masalalari”, “Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimida kasaba uyushmasining o‘rni” kabi mavzular ko‘rib chiqildi. Shuningdek,  “Mehnat xavfsizligi va salomatligi – 2023” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida ishtirok etildi. Ko‘rgazmada  “Kasaba uyushmasi – mehnatkashlarning hayoti va sog‘lig‘ini jamoaviy himoya qilish vositasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotlar yakunida seminar-trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email