“MENING KONSTITUTSIYAM 31 YOSHDA” SHIORI OSTIDA TANLOV O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq tizimidagi “Maksam-Chirchiq” AJ korxonasida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan jamiyat xodimlari o‘rtasida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida test sinovlari asosida tanlov o‘tkazildi. Test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan Ammiakli selitra ishlab chiqarishi sexi xodimi Z.Karimov 1-o‘rinni, Markazlashtirilgan texnologik uskunalarni ta’mirlash sexi xodimi S.Mirzayev 2-o‘rinni va Xalq iste’mol mollari sexi xodimasi N.Ismaylova 3-o‘rinni egalladi.

   Tadbir so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email