YOSHLAR UCHUN YURTIMIZNING SO‘LIM GO‘SHALARIGA SAYOHAT UYUSHTIRILDI

Бош саҳифа

      Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan 50 nafar faol yoshlar uchun Vodiy bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

        Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Chodak tog‘li hududlarga uyushtirilgan bir kunlik ushbu sayohat yoshlar uchun juda ham maroqli xordiq va ko‘ngil ochar kun bo‘ldi. Sayohatda Chodak hududiga yetib kelgan yoshlar ajoyib sharoitga ega bo‘lgan dam olish maskaniga joylashdilar. So‘lim yerda nonushta qilib bo‘lgandan so‘ng tog‘li go‘zal manzara sari mahsus transportlarda yo‘lga chiqildi. Chodak hududidagi tog`larga sayrlar uyushtirildi. Sayohatchilar turli xil ko‘ngil ochar osma kanatlar, atraksionlar hamda tabiat qo‘ynida dam oldilar. Go‘zal tabiatda joylashgan sharsharalarda esdalik uchun suratlarga tushdilar.

         Sayohat so‘ngida Chodak tog‘li hududida joylashgan o‘zining uzoq tarixiga ega muqaddas “Ona ko‘z yoshi” bulog‘iga ziyorat tashkil etildi. U yerda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. “Ona ko‘z Yoshi” bo‘log‘ining qisqacha tarixi bilan tanishdilar. Tabiat qo`yniga bo`lgan sayohat yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Print Friendly, PDF & Email