“YANGI O‘ZBEKISTONNING YANGI KASABA UYUSHMALARI” MAVZUSIDA SEMINAR O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Ёшлар бирлашмаси Янгиликлар

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari ishtirokida tarmoq tizimidagi “Farg‘ona kimyo zavodi” MChJda 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shavkat Toirov, Respublika kengashining mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Shuhratilla Rixsiboyev, “Farg‘ona kimyo zavodi” MChJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Nargiza Karimova, kasaba uyushmasi qo‘mitasi faollari, korxona xodimlari, jumladan, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Sh.Toirov bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan           11- noyabr –O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilanishi barcha kasaba uyushmalari aʼzolari tomonidan katta xursandchilik bilan qabul qilinganligini alohida taʼkidladi.

Maʼruzachi o‘z so‘zi davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan bunyod etilayotgan sanatoriya va bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlari haqida gapirib, ulardan imtiyozli foydalanish to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Shuningdek, yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika kengashi va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, tarmoq tizimida Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan “Yoshlarga oid davlat sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik yoshlar dasturi” maqsadi va mazmuni to‘g‘risida gapirib, unda belgilangan tabdirlar haqida maʼlumot berdi.

 Respublika kengashining mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Rixsiboyev Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalari mazmun-mohiyati to‘g‘risida va paxta yig‘im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratish, mavsum davomida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Milliy monitoring tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdi.

Sh.Rixsiboyev mehnat muhofazasi yo‘nalishida Respublika kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tar ekan, har bir korxonada mehnat muhofazasi vakillarining doimiy sergak turishlari, xodimlarni hujjatlarda belgilangan talablar asosida ish boshlashlarini qattiy nazoratga olishlari ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olishda birinchi navbatdagi vazifa ekanligini yana bir bor eslatdi.

Tadbir so‘ngida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar. Shuningdek, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Print Friendly, PDF & Email