VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN ESTAFETA O‘YINLARI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq tizimidagi “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ korxonasi kasaba uyushmasi tomonidan Zarafshon shahar sport majmuasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanga xizmat-oliy fazilat” shiori ostida estafeta o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Unda korxona bo‘lim va sehlarida mehnat qilayotgan yosh xodimlardan iborat jamoalar qatnashdilar. Yoshlar estafetada yugurish, uzunlikka sakrash, turnikda tortilish va brusda ko‘tarilish bo‘yicha o‘zaro musobaqalashdilar.

G‘olib va faol ishtirokchilarga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email