XODIMLAR KASABA UYUSHMALARI E’ZOZIDA

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Kasaba uyushmalari har bir kasaba uyushmasi a’zosiga alohida e’tibor qaratilib, ularni nafaqat huquqiy tomonlama himoya qilish, balki, muntazam ravishda sog‘lomlashtirish, madaniy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ishlarini ham faol amalga oshirib boradi.

Tarmoq tizimidagi “Andijon biokimyo zavodi” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ham xodimlar doimiy e’tibordalar. Kuni kecha korxonaning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bosh mutaxassisi Anvarjon Toshboyevni 60 yoshga to‘lganligi bilan tabriklab, nafaqaga kuzatish tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Uzoq yillar birga ishlagan hamkasblar so‘zga chiqib birga ishlagan vaqtlardan qolgan yaxshi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Anvarjon Toshboyev barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib, korxonaning kelgusi faoliyatiga rivoj tiladi.

Tadbir nihoyasida Anvarjon Toshboyevga korxona kasaba uyushmasining esdalik sovg‘asi topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email