XODIMLARNING FARZANDLARI TA’TILNI MAROQLI O‘TKAZMOQDALAR

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kasaba uyushmasi tomonidan korxonada faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarning farzandlari uchun Qarshi shahrining qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tayotgan “Yangi yil archasi tomoshalari”ga chipta olib berildi.

Bolajonlarning ma’naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda qo‘g‘irchoq teatrining o‘rni beqiyosdir, albatta.

Bu kabi madaniy hordiq qishki ta’tilni o‘tkazayotgan bolajonlar uchun ayni muddao bo‘lib, dam olishning mazmunli va  maroqli o‘tishiga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email