“NAVOIYAZOT”AJ KORXONASI XODIMLARI BAYRAMNI YUQORI KAYFIYATDA O‘TKAZDILAR

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

“Navoiyazot”AJ 129-sehi xodimlari hamkasblar bilan bayramni munosib tantana qildilar.

Yil davomida fidokorona mehnat qilgan xodimlar rag‘batlantirildi.

To‘kin dasturxon, ezgu tilaklar, bayram kayfiyati xodimlarning o‘z kasbi, ishidan mamnunligi ifodasidir, albatta.

“Navoiyazot” AJga qarashli 131-sehning Konimex tumanidagi polipropilen qop ishlab chiqarish bo‘linmasida ham bayram tadbiri tashkil etildi.

Tantana bo‘linma tashkil topganligining 5 yilligiga ulanib ketdi. 123 nafar xodim mehnat qiladigan jamoaning faol, iqtidorli xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga yangi yil shukuhini ulashdi.

 

Xuddi shunday tadbir korxonaning 397 nafar xodim ishlaydigan polipropilen qop ishlab chiqaradigan 131-sehida ham o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan tadbirlarda xodimlar yuqori kayfiyat bilan ishtirok etdilar.

Print Friendly, PDF & Email