“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYININING RESPUBLIKA BOSQICHI YUQORI KAYFIYATDA OʻTKAZILDI

Бош саҳифа

 

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-96-son qarori, Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ish rejasi va “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi korxonalar kasaba uyushmalari tashkilotlari aʼzolari oʻrtasida, jumladan, yoshlarni keng jalb etgan holda Respublika kengashi kubogi uchun “Zakovat” intellektual oʻyinining Respublika bosqichi oʻtkazildi.

        Tadbirda Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari Ibrohim Isoqov, boshlangʻich kasaba uyushmalari qoʻmitalari raislari va korxonalar jamoalari ishtirok etdilar.

        “Zakovat” intellektual oʻyinini oʻtkazishdan asosiy koʻzlangan maqsad tarmoq tizimidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning intellektual salohiyatini oshirib borish, xodimlarning jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantirish, ishtirokchilarning bilim va tajribasini munosib ragʻbatlantirish, mehnat jamoalari oʻrtasida oʻzaro doʻstona aloqalar va sogʻlom raqobat muhitini yaratish, bilimli, keng dunyoqarashga ega va intellektual jihatdan yetuk kadrlarni aniqlash hamda ularni munosib taqdirlashdan iboratdir.

“Zakovat” intellektual oʻyinining Respublika bosqichida jami 7 ta jamoa oʻzaro bellashdilar. Yakunda hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra, kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna tomonidan gʻoliblar tabriklandi va faol ishtirok etgan jamoalarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Jumladan, “Navoiyazot” AJ korxonasi jamoasi faxrli 1-oʻrinni egalladi hamda Respublika kengashining diplomi, 10 mln soʻm miqdorida pul mukofoti va maxsus kubok bilan taqdirlandi, 2-oʻrinni egallagan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK jamoasi diplom va 8 mln soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlangan boʻlsa, 3-oʻrinni egallagan “Qizilqum fosforit kompleksi” AJ jamoasi diplom va  6 mln soʻm miqdoridagi pul mukofoti, shuningdek, oʻyinning Respublika bosqichida faol ishtirok etgan jamoalar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

 

  Shavkat Toirov

Yoshlar masalalari boʻyicha rais maslahatchisi

Print Friendly, PDF & Email