“ALISHER NAVOIY VA BOBUR MEROSI BEQIYOS MA’NAVIY XAZINADIR” KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

“Navoiyazot”AJ xodimlarining iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular qalbida ajdodlarga bo‘lgan hurmatni shakllantirish, barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi mas’uliyatini yanada oshirish,  maqsadida tashkil etilgan “Alisher Navoiy va Bobur merosi beqiyos ma’naviy xazinadir” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlov shartlariga hozirlik ko‘rgan kimyogarlar o‘z chiqishlarida ulug‘ bobokalonlarimiz hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni taqdim etdilar.

G‘azalxonlik mahorati shartida ko‘rik-tanlov ishtirokchilari tomonidan Alisher Navoiy va Bobur ijodidan namunalar keltirildi.

Namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari soha vakillarining aktyorlik mahoratini ham sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv qatnashchilari bir qator nominatsiyalar bo‘yicha jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email