Tarmoq tizimidagi “Maksam-Chichiq” AJda “Yangi O‘zbekiston-yashil makonda birga yashaylik” shiori ostida hududlarni ko‘kalamzortirish ishlari olib borildi. Jumladan, korxona hududi va unga tutash bo‘lgan mahallalar, aholi turar joylari hamda xiyobonlarni tartibga keltirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ariqlar tozalandi, daraxtlar oqlanib, ularga shakl berildi.
“Kimyogarlar hiyoboni”, “Chirchiq shahar 50 yilligi” ko‘chasi va “Bo‘z-suv” sohil bo‘yi obodonlashtirildi, “Nur”, “Mirzo G‘olib”, “Ishonch”, “Semurg’” va “Humo” MFY hududlaridan yig‘ilgan tabiiy va maishiy chiqindilar jamiyatning 9 ta maxus texnikalari yordamida “Zangiota obodon” MChJ chiqiqindixonasiga olib borildi, mavsumiy gul ko‘chatlari sug‘orildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: