9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimlari hamda mehnat faxriylari ishtirokida “Biz kim, Mulki Turon!” shiori ostida sportning shaxmat, shashka va stol tennisi boʻyicha doʻstona musobaqalar tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻz mahorati, bilim va chaqqonliklarini namoyon etib, sport orqali hamjihatlik va doʻstona muhitni yanada mustahkamlashdi.
Mazkur tashabbus keksa avlodga hurmat va ehtirom koʻrsatish, ularning boy hayotiy tajribasini qadrlash, shuningdek, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va avlodlar oʻrtasidagi birdamlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

Musobaqa yakunida faol ishtirok etib, yuqori natija qayd etgan mehnat faxriylari va xodimlar korxona Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: