O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI BAYRAMI YUQORI KAYFIYATDA O‘TDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

11-noyabr ‒ O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK Bosh direktori Ibragimov G‘ulomjon Inomovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari Muhabbat O‘rmonbekova, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari To‘xtayev Saidiokil Saidazimovich, “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MChJ XK kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Alimov Diyor Abdumalikovich va korxonaning xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida rahbariyat va barcha mas’ullar bilan birgalikda zavod sexlari va bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan suhbatlashdilar  hamda ularni bayram bilan tabriklab, o‘z faoliyatida o‘rnak bo‘layotgan xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirdilar.

Shundan so‘ng korxona hududida faoliyat olib borayotgan  “TEXTILE BRZ” MChJ tikuv sexi faoliyati va u yerda ishlayotgan xotin-qizlar bilan suhbat tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki,  “TEXTILE BRZ” MChJ tikuv sexi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2020-yil 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan VIII Qurultoyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Mirsagatovich Rafiqovning tashabbusi bilan 2021-yilda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK bilan hamkorlikda Angren shahrida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan kam ta’minlangan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda ushbu korxonada opa-singillarimiz minnatdorlik bilan ishlab kelmoqdalar. Uchrashuv davomida “TEXTILE BRZ” MChJ korxonasining bir qator faol xodimlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirning tantanali taqdirlash qismi korxonaning faollar zalida o‘tkazildi. Unda Respublika kengashi raisi N.Alimdjanova, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK Bosh direktori G‘. Ibragimov, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari S.To‘xtayevlar so‘zga chiqib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami bilan barcha xodimlarni tabrikladilar va o‘z sohasida faol mehnat qilib kelayotgan xodimlar faxriy yorliq, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirning davomi korxona hovlisida bayram konsert dasturi va bayram sayli bilan yanada shukuhli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

 

 

Print Friendly, PDF & Email