BILIMDONLAR BAHSI SOVRINDORLARI «NAVOIYAZOT» AJ JAMOASI FAXRLI 2-O‘RINNI EGALLADI

Бош саҳифа Ёшлар бирлашмаси Янгиликлар

 

Mamlakatimizda intellektual darajasi yuqori avlodning ezgu intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mustaqil fikrlaydigan, zukko va keng dunyoqarashga ega yigit-qizlarni tarbiyalash borasidagi ishlarga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida alohida ahamiyat beriladi.

“Zakovat” intellektual klubining qizg‘in va murosasiz bahslarida kimyogarlar ham muntazam ravishda muvaffaqiyatli ishtirok etib, professional bilimdonlar safini kengaytirishga hissa qo‘shib kelmoqdalar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashiga a’zo tashkilotlar xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” intellektual turnirining viloyat bosqichida tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Print Friendly, PDF & Email