SPORT – SOG‘LIK GAROVI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan korxona xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida turli  sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

2023-yil 15-avgust kuni Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va jamoat tashkilotlari hamkorligida stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqasida barcha sex va bo‘limlardan sportsevar xodimlar ishtirok etdilar va o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa stol tennisi qoidalariga muvofiq o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda g‘oliblar aniqlandi:

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida Sadikova Oltinoy  (Fizik-mexanik sinov va kimyo laboratoriyasi xodimi) 1- o‘rinni egallagan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida esa

1- o‘rin Aminov Anvar (Energotaʼminot va kommunal xo‘jalik bo‘limi xodimi)

2- o‘rin Sharapov Isroilxon  (Energotaʼminot va kommunal xo‘jalik bo‘limi xodimi)

3- o‘rin Quttiboyev Mirolim   (49-YOQQ  Katta texnik xodimi)

Print Friendly, PDF & Email