NAVRO‘Z BAYRAMI TABRIGI!

Бош саҳифа Янгиликлар

Hurmatli hamkasblar!

Yurtimizda uyg‘onish, yasharish, yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam nafasi ufurib turibdi. Xalqimiz ushbu qutlug‘ shodiyonani har yili o‘zgacha shukuh va kayfiyat bilan qarshi oladi. Allohga shukurki, ona-yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod. Ana shunday ozod yurtning obod manzillarida esa sizu biz azaliy ayyom – Navro‘zi olamni zo‘r quvonch va katta  xursandchiliklar ila qarshi olmoqdamiz.

Ushbu fursatdan foydalanib Sizlarni yangilanish va yosharish ayyomi bo‘lmish Navro‘z umumxalq bayrami bilan muborakbod etamiz. Yurtimiz ravnaqi va xalqimizning farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda omad yor bo‘lsin!

Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!

Print Friendly, PDF & Email