NAVRO‘Z BAYRAMI TADBIRLARI TASHKIL ETILMOQDA

Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi “Farg‘ona kimyo zavodi” MChJda Navro‘z bayrami arafasida chora-tadbirlarga asosan bir qancha tadbirlar tashkil etilmoqda. Korxonada Navro‘z ayyomiga bag‘ishlab Navro‘z sayli va bayram dasturxoni tashkil etildi. Navro‘z bayramida korxonada uzok yillar ishlab hozirda nafaqadagi xodimlar taklif etildi. Uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Mehmonlarga kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

18 mart kuni zavodda  umumxalq xashari tashkil etilib, “Yashil makon” dasturiga asosan obodanlashtirish ishlari bilan birga har bir sexlarda uzlari uchun biriktirilgan uchastkalarga turli xil mevali daraxtlar ekildi.

Print Friendly, PDF & Email