YOSHLAR KELAJAGIGA QARATILGAN EʼTIBOR — AMALIY ISHLARDA

Бош саҳифа

      Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim olishi, ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Bu borada davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodning jamiyatda munosib oʻrin egallashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

   Joriy yil 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtkazilgan yoshlar bilan ochiq muloqotda ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratildi. Davlat rahbari mamlakatimizdagi millionlab yoshlar Yangi Oʻzbekistonning tayanchi va katta kuchi ekanini taʼkidlab, ularni qoʻllab-quvvatlash har bir rahbarning ustuvor vazifasi boʻlishi lozimligini qayd etdi.

  Shu munosabat bilan Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Rahbar va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

 

Tadbirda Respublika kengashi raisi oʻrinbosari Ibrohim Isoqov, institut rektorining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Bahodir Boborajabov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ilmiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash hamda bandligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.

     Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimida ham yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari, sayohatlar, ekskursiyalar va koʻrik-tanlovlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

      Ochiq muloqotda talabalar oʻz taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdi. Ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot oʻtash, innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash va sohada ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish boʻyicha bildirilgan fikrlar qizgʻin muhokama qilindi.
      Tadbirning eng muhim qismi “Respublika kengashi stipendiyasi” koʻrik-tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻldi. Mazkur tanlov iqtidorli, tashabbuskor va jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etildi.
     Tanlov ishtirokchilari “Venovizo-AI tizimli qurilmalarining ahamiyati”, “Xonadonlarda quyosh panellarini oʻrnatish samaradorligi» kabi dolzarb mavzularda oʻz ilmiy ishlanmalari va taqdimotlari bilan qatnashdilar.

 


  Yakunlarga koʻra, Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari Pardayeva Moxinur Sirojiddin qizi va Xolmamatov Behruzbek Shokir oʻgʻli tanlov gʻolibi deb eʼtirof etildi hamda Respublika kengashi stipendiyasi bilan taqdirlandi.
  Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan bir qator talabalarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

                                                                                                            Shavkat Toirov

Yoshlar masalalari boʻyicha rais maslahatchisi

Print Friendly, PDF & Email