KORXONALARDA SAYYOR UCHRASHUVLAR TASHKIL ETILMOQDA

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maxam”AJ da joriy yilning 21-dekabr kuni Kimyo va  farmatsevtika  sanoati xodimlari  kasaba uyushmasi Respublika kengashining  mas’ul xodimlari, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Muhayyoxon Buzrukova, komissiyalar faollari va korxona xodimlari ishtirokida “Xodimlarning, jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning kasaba  uyushmalari tomonidan mehnat  huquqlari  himoyasi”  mavzusida seminar tashkil etildi.

         Seminarda Respublika kengashining mehnat huquqi inspektori Asliddin Xasanboyev, ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutahassisi Nilufar Muzapparova, Yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Shavkat Toirov, mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Shuhratilla Rixsiboyevlar kasaba uyushmalari faoliyati yuzasidan ma’ruza qildilar.

          Jumladan, Yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchi Sh.Toirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’kidlangan muhim masalalar, jumladan, joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan nutq so‘zladi. Shu qatorda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida olib borilayotgan ishlar, “Yangi O‘zbekiston –Yangi kasaba uyushmalari” shiori asnosida mehnatkashlarni huquq va manfaatlarini amalga oshirish yo‘lidagi faoliyat haqida ma’lumot berib o‘tdi. 

           Shuningdek, tarmoq tizimida Respublika kengashi Yoshlar birlashmasi tomonidan yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati haqida gapirib, bu borada korxona yoshlarini faol bo‘lishga chorlab qoldi.

          

Seminar davomida M.Muzapparova “Korxonalarda mehnat qilayotgan xodimlar, xotin-qizlar va yoshlarni jamoa shartnomalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlari himoyasi taʼminlanganligi va ular uchun yaratilgan sharoitlar”, А. Xasanbayev “Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar mazmuni. Xodimlar huquqlarini taʼminlashda kasaba uyushmalarining o‘rni”, Sh.Rixsiboyev “Xodimlarga xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish talablari” mavzularida interaktiv usulda maʼruza o‘qidilar.

            Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Print Friendly, PDF & Email