XODIMLAR O‘Z ISHLARIGA QAYTA TIKLANDILAR

Бош саҳифа Янгиликлар

Respublika kengashining “Ishonch telefoni” orqali fuqarolardan bildirilgan murojaatlarga amaldagi qonunchilik asosida tushuntirish va tavsiyalar berib borilmoqda.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra Respublika kengashining aralashuvi bilan noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilishi kutilayotgan ikki nafar xodim avvalgi lavozimiga tiklanib, buzilgan huquqlari tiklandi.

Jumladan, “Аmmofos-Maksam” АJ 3-sexi elash apparatchisi F.А. Jiyanovaning bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, yagona boquvchi ekanligini, mazkur holatlar inobatga olingan holda qisqartirilishga tushirilgan ishchilar ro‘yxatini qaytadan ko‘rib chiqish uchun “Аmmofos-Maksam” АJ ish beruvchisiga yozma taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnoma natijasiga ko‘ra F.А.Jiyanovaga 12.08.2022 yilda berilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi “Ogohlantirish xati” “Аmmofos-Maksam” АJ ish beruvchisi tomonidan bekor qilingan.

Shuningdek, “Аmmofos-Maksam” АJ EFK-3 sexida transportyorshik vazifasida ishlab kelgan F.Omonovani qaramog‘ida 2019-yil 2-avgustda tug‘ilgan 1 nafar farzandi 3 yoshga to‘lmaganligi inobatga olinmay mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilingan. Mazkur holat yuzasidan ishga tiklash haqida taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnoma natijasiga ko‘ra F.Omonovani 23.05.2022 yildagi 124/k-sonli buyruq bilan ishga tiklab uning foydasiga 2 230546 so‘m miqdoridagi zarar ish beruvchidan undirildi.

Print Friendly, PDF & Email