YOSHLAR O`RTASIDA “KASB MAHORATI” KO‘RIK-TANLOVIGA YO‘NALISHLAR BO‘YICHA START BERILDI

Бош саҳифа Ташкилий ишлар

 

Tarmoq tizimidagi “Farg`onaazot” AJ korxonasida 11-noyabr‒O‘zbekiston kasaba uyushmalari” kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, jamiyatda “Kasb mahorati” ko‘rik tanlovi boshlab yuborildi.

Mazkur tanlov doirasida birinchi yo‘nalish – “Eng yaxshi yosh mahoratli NO‘A va A xodimi” bo‘yicha, jamiyatning barcha sexlaridan 12 nafar yosh mutaxassislar ishtirok etdi.  Tanlov shartlariga ko‘ra ikki bosqichda o‘tkazildi. Ishtirokchilar birinchi bosqichda test sinovlarini yechishgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda amaliy mashg‘ulotlar bo`yicha bellashdilar.

Qizg‘in bahslardan so‘ng, hakamlar hay’ati tomonidan uchinchi o‘rin NO‘A va A sexi xodimi Omonov Zokirjon Shavkatxon o‘g‘li hamda Ammiak-3 sexi xodimi Xalilov Shuxratjon O‘ktamjon o‘g‘li munosib deb topildi. Ikkinchi o‘rin NO‘A va A sexi xodimi Abduraxmonov Azizbek Axrorjon o‘g‘liga nasib etdi. Mutlaqo g‘oliblikni Soda sexi xodimi Islomqulov Ruslan Ilxomovich qo‘lga kiritdi.

Print Friendly, PDF & Email