KASABA UYUSHMASI QO‘MITASINING NAFAQADAGI FAOLLARI HOLIDAN XABAR OLINDI

Бош саҳифа Ташкилий ишлар

Hozirgi vaqtda tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z safida 9 ming nafarga yaqin a‘zolarni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda yordam berib kelmoqda. Ushbu ustuvor vazifani samarali ta’minlash maqsadida so‘nggi yillarda tizimda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi, mehnat jamoasida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash ishlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

11-noyabr – O`zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan belgilangan chora-tadbirlar rejasi asosida tadbirlar o`tkazilmoda. Korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi faollari bir guruh nafaqadagi faollar holidan xabar olib, ularga bayram sovg‘alarini hadya etib, bayram kayfiyatini ulashdilar.

Print Friendly, PDF & Email