BAYRAM SAYLI TANTANALI RAVISHDA BO’LIB O’TDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари Ташкилий ишлар Ўзбекистон янгиликлари Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi «Farg’onaazot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishchi-xodimlar, ularning oila a’zolari hamda shaharning Kirguli mavzesi aholisiga Mustaqilligimizni 30 yilligi munosabati bilan «Kimyogar» yoshlar madaniyat bogʼida bayram sayli tashkil etildi. 

Bayram tantanali ravishda bo’lib o‘tdi. Korxona xodimlari oila a’zolari bilan bayram sayliga tashrif buyurib, viloyat va Respublikaning taniqli hushovoz xonandalari kuy-qo‘shiqlaridan bahramand bo‘ldilar.   

Bayram saylini Farg‘ona shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Bobur Mo‘minov o‘zining samimiy tilaklari bilan ochib berdi.

Xonandalar o‘zlarining Vatanimizni madh etgan va boshqa qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarni bahramand etdilar.

    Bayram yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Saylga tashrif buyurganlar korxona rahbariyati va bayram tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.

Print Friendly, PDF & Email