PREZIDENT NUTQI YUZASIDAN DAVRA SUHBATLARI TASHKIL ETILMOQDA

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Joriy yil 3-oktabr kuni tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ korxonasi mehnat jamoasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi nutqi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda korxonaning yuridik bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari M.M. Qayumov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.Abduvohidov va xodimlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqi namoyish etildi hamda unda bildirilgan asosiy maqsadlar bo‘yicha mutaxassis tomonidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Print Friendly, PDF & Email