BOLAJONLAR QALBI QUVONCHGA TO‘LDI

Бош саҳифа

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ rahbariyati tashabbusi bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi kengashining viloyat va shahar deputatlari hamkorligida Farg‘ona shahrida joylashgan mehribolik uyiga tashrif uyushtirildi.

 Tashrif davomida bolajonlar shodiyona bayram bilan qutlanib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi. Mazkur tantanada O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyat bo‘linmasi xushovoz xonandalari o‘zlarining kuy va qo‘shiqlari bilan jajji o‘g‘il-qizlarni shod etdilar.

 Bolajonlar tashrifdan quvondilar va tashkilotchilar hamda korxona ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.

Print Friendly, PDF & Email