50 NAFAR USTOZLAR UCHUN SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

“Maкsam–Chirchiq” AJ korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan  2023-yil 29-sentabr kuni   1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga korxonamizda  mehnat  qilayotgan ustozlar dan 50 nafariga Toshkent shahrining  diqqatga  sazovor joylariga  sayohat tashkil qilindi.

Bugungi kunda diqqatga sazovor bo‘lgan Yangi O‘zbekistonning zamonovaiy shaharchasi “Tashkent City”, Toshkent Politexnika Muzeyi ва Magic Cityga tashrif buyurdilar. Xodimlarimiz  Toshkent shahrining tarixga boy o‘tmishi va bugungi kun bilan tanishdilar.

Sayohat  so‘nggida O‘zbek milliy akademik drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Andishali kelinchak” spektaklini tomosha qilishdi.

Shabnam Djalolova

“Maksam-Chirchiq” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimi

Print Friendly, PDF & Email