Tarmoq tizimidagi “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK mehnat jamoasining jamoa shartnomasi va uning ilovalarining 2021-yilda bajarilishi boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada 2021-yilda jamoa shartnomasi va ilovalarining bajarilishi boʻyicha korxona bosh muhandisi B.Xojambergenov hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi B.Alliyarov hisobotlari tinglandi. Maʼruzalarda korxonaning ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalari toʻliq qamrab olindi.
Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi raisi U.Jalmenov soʻzga chiqib mamlakatimizda kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida maʼruza qildi.
Konferensiyada korxona bosh muhandisi B.Xojambergenov hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi B.Alliyarov savollarga javob berdilar.
Delegatlar 2021-yilda jamoa shartnomasi, uning ilovalari bajarilishini qoniqarli, deb topdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: