“QO‘NG‘IROT SODA ZAVODI” MCHJ QKda JAMOA SHARTNOMASINING BAJARILISHI YAKUNI BO‘YICHA KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK mehnat jamoasining jamoa shartnomasi va uning ilovalarining 2021-yilda bajarilishi boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada 2021-yilda jamoa shartnomasi va ilovalarining bajarilishi boʻyicha korxona bosh muhandisi B.Xojambergenov hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi B.Alliyarov hisobotlari tinglandi. Maʼruzalarda korxonaning ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalari toʻliq qamrab olindi.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston  Kengashi raisi  U.Jalmenov soʻzga chiqib mamlakatimizda kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida maʼruza qildi.

Konferensiyada korxona bosh muhandisi B.Xojambergenov hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi B.Alliyarov savollarga javob berdilar.

Delegatlar 2021-yilda jamoa shartnomasi, uning ilovalari bajarilishini qoniqarli, deb topdilar.

Print Friendly, PDF & Email