Joriy yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi “Navoiyazot” AJ korxonasi hududida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida bir nafar xodim voqea joyida vafot etgan va 11 nafar xodim turli darajadagi tan jarohatini olgan. Hozirgi vaqtda ularga malakali tibbiy xizmat koʻrsatilib, ularning ahvoli tajribali shifokorlar tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda.
Korxonada baxtsiz hodisa sodir boʻlgan kuni Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova boshchiligida Respublika kengashining mehnat muhofazasi boʻyicha bosh mutaxassisi Shuhratilla Rixsiboyev va tashkiliy ishlar boʻyicha yetakchi mutaxassis Shaxina Djoʻrayeva bilan birgalikda “Navoiyazot” AJ korxonasiga zudlik bilan yetib borildi va sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oʻrganildi.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi, “Navoiyazot” AJ korxonasi va korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan sodir boʻlgan baxtsiz hodisada jabrlangan barcha xodimlarning oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: