Tarmoq tizimidagi “Maxam-Chirchiq”AJning kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish-rejasi ijrosi hamda 21-oktabr -O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan seh qo‘mita raislari bilan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B. Abdullayev olib bordi.
Tadbirda “Maxam-Chirchiq” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi I.Kurbanaliyev korxonada o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari, uning ijrosi va erishilgan natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Yig‘ilish davomida korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B. Abdullayev tomonidan mehnatni muhofaza qilish kelishuvining ijrosi, davriy tibbiy ko‘rik natijalari va amalga oshiriladigan ishlar, yozgi mavsumning dam olish yakunlari, texnologik, mehnat intizomi va boshqa masalalari, kasaba uyushma qo‘mitasining ish rejasiga asosan olib borilgan ishlarining ijrosi borasida ma’lumotlar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: