Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari tomonidan tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJda “Yosh xodimlar kasaba uyushmalari e’tiborida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Toirov va mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Rixsiboyev, “Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Sirojov, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.Abduvoxidov, kasaba uyushmasi faollari va yosh xodimlar ishtirok etdilar.
Bugungi kunda “Farg‘onaazot” AJ korxonasida 1170 nafar yoshlar mehnat qilib kelmoqdalar.
Davra suhbatida Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Toirov tomonidan kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarni, jumladan, yoshlarni va xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash borasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar haqida so’z yuritildi. Bu borada Respublika kengashining “Yoshlarga oid davlat sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik yoshlar dasturi” va korxonalarda tuzilgan jamoa shartnomalari asosida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishda faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlab borish zarurligi ta’kidlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 87 nafar yoshlar uchun O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylaridan bo‘lgan Samarqand va Namangan viloyatlariga sayoxatlar uyushtirilgan.
“Ustoz-shogird” an’anasini davom ettirish maqsadida korxonada uzoq yillar faoliyat yuritib hozirgi kunda pensiyada bo‘lgan yoshi ulug‘ xodimlar bilan doimiy tarzda “Uch avlod uchrashuvi”lari tashkil etib kelinmoqda. Shuningdek, yosh xodimlar o‘rtasida muntazam tarzda sport musobaqalari va ko’rik-tanlovlar o‘tkazilib, bunda yoshlar faol ishtirok etib bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanmoqdalar.
Tadbir davomida “Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalari mazmun-mohiyati to‘g‘risida” Respublika kengashining mehnat muhofazasi bo’yicha bosh mutaxassisi Sh.Rixsiboyev tomonidan ma’ruza qilindi.
Davra suhbati yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: