XALQARO YOSHLAR KUNI YUQORI KAYFIYATDA O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

12-avgust ‒ Xalqaro yoshlar kuni munosabati bilan tarmoq tizimidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda  kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Alimov tomonidan  «Yoshlar kasaba uyushmalari e’tiborida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini o‘tkazishdan maqsad yosh xodimlarning tashabbus va qiziqishlarini yaqindan o‘rganish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyat va imtiyozlar bo‘yicha ma’lumot berishdir. Suhbat davomida faol va tashabbuskor, boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan korxonaning yosh xodimlari Bozorov Axror To‘rayevich, Mirzabayev Asliddin Botir o‘g‘li, Ergasheva Xolbu Nurmamatovnalarga Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu o‘rinda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Alimov yosh mutaxassislar uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish muhimligini ta’kidlab, bunday tadbirlar nafaqat jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash, balki xodimlar o‘rtasida jamoaviy rishtalarni mustahkamlashga ham yordam berishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

“Xalqaro yoshlar kuni” munosabati bilan mehnat faoliyatini yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqada 20 dan ortiq yosh ishchi-xodimlar faol ishtirok etdi.

Shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Sifat bo‘limi injeneri Bozaraliyev Shoxjaxon Baxtiyorovich fahrli 1-o‘rinni, Elektron uskunalar muhandisi Abdug‘oforov Xakimjon Baxtiyor o‘g‘li 2-o‘rinni, Rezino qorishmalari sehi  kalandir mashinisti Tursunboyev Iskandar Abdug‘affor o‘g‘li 3-o‘rinni egalladilar va ayol ishchi-xodimlar o‘rtasida shashka turi bo‘yicha fahrli 1- o‘rinni  bosh energetik hizmati ustasi  Aminova Shodiyona Shuxratilla qizi, 2-o‘rinni Rezina qorishmalari sehidan Yusupova Malika Shuxrat qizi hamda 3- o‘rinni Rezino qorishmalari sehi xisob-kitob yurituvchisi  Xolnazarova Soxiba Zoxid qizi kabilar egalladilar.

Shuningdek, sportning stol tennisi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada fahrli 1-o‘rinni Bosh mexanik bo‘limidan chilangar usta – Mamataliyev Sherzod Faxriddin o‘g‘li, 2-o‘rinni Sifat va texnologiya bo‘limidan muhandis texnolog Erkinov Jamshid Ulug‘bek o‘g‘li hamda 101-sehdan rezino qorishmalari jo‘valovchisi Qo‘ldoshyev Jamshid Muhiddin o‘g‘li  egalladilar.

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida esa fahrli 1-o‘rinni Yong‘in xavfsizligi bo‘limi navbatchi dispetcheri Mirsoatova Dilxumor Ikromjon qizi, 2-o‘rinni Komponentlar sehi apeks operatori Abdaliyeva Mushtariy Murodjon qizi hamda 3-o‘rinni Xo‘jalik bo‘limi ishlab chiqarish farroshi Oqboyeva Mohigul Ikromjon qizi egalladilar.

        Musobaqalar so‘ngida g‘oliblarga kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email