SAYYOR SEMINAR O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq izimidagi “Maxam-Chirchiq” AJ  korxonasi sehlari rahbarlari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari bilan hamkorlikda “Kuch-birlikda” shiori ostida sayyor seminar  o‘tkazildi.

   Seminarda huquqshunoslik bo‘limning boshlig‘i A.Karakuziyev O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi”ni yangi tahriri haqida axborot berdi. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi taqdimot ham namoyish etildi.

   Seminar ishtirokchilari, shuningdek, korxona jamoa shartnomasi va korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tanishtirildi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining yangi tahrirdagi “Kundaligi” haqida ma’lumot berildi. Seminar davomida mavzularni mustahkamlash uchun turli treninglar tashkil etildi.  Seh  boshlig‘i va faollariga  hamkorlikda jamoa  bo‘lib ishlash  bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va faoliyatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email