KONFERENSIYALAR YUQORI DARAJADA O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Fargʻona azot” AJ, “Fargʻona kimyo zavodi” MCHJ, “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJ va “Qoʻqon biokimyo” AJlarda jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi yakunlariga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiyalarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnatni muhofaza qilish boʻlimi bosh mutaxassisi Sardor Salohuddinov, Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnatni muhofaza qilish bosh mutaxassisi Shuxratilla Rixsiboyev, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Fargʻona viloyat Kengashi raisi oʻrinbosari Orzigul Qozixonova va mutaxassislar Avazxon Toʻraxoʻdjayev, Tursunali karimovlar ishtirok etdilar.

Korxona jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi boʻyicha dastlab ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisining maʼruzalari tinglandi.

Jumladan, “Fargʻonaazot” AJ da 2023-yilda jamoa shartnomasi orqali har bir xodim olgan bevosita va bilvosita daromad miqdori 48 mln 177 ming soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilgiga qaraganda 5 mln. 823 minga oshganini eʼtirof etish lozim.

Moddiy yordamlar boʻyicha jami 962 mln 189 ming soʻm mablagʻ saflandi: yaqin qarindoshlari vafot etganligi uchun 173 mln 500 ming, sogʻligʻini tiklash uchun 656 nafar xodimga 572 mln. 152 ming soʻm, birinchi borturmush qurayotgan 70 nafar yoshlar uchun moddiy koʻmak sifatida 70 mln. 500 ming, 40 nafar nogiron farzand tarbiyalayotgan oilalar ishchi-xodimlari uchun 13 mln 600 ming soʻmlik xoʻjalik jixozlari berildi.

Jamoa shartonamasining mehnatni muhofaza qilish boʻlimi boʻyicha barcha bandlar bajarilgan. 2023-yilda korxonada mehnatni muhofaza qilish yoʻnalishidagi xarajatlar uchun 4 mlrd. 608 mln. soʻm sarflangan. Korxonada 6158 nafar xodim faoliyat yurutishini xisobga olsak har bir xodim uchun 748 ming 300 soʻmdan toʻgʻri keladi.

“Fargʻona kimyo zavodi” MCHJ da ham jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarishi boʻyicha konferensiya koʻtarinki ruxda oʻtti. Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisining maʼruzalari tinglandi.

Jamoa shartnomasida xodimlarni ragʻbatlantirish, salomatliklarini tiklash, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida etibor qaratilgan.

2023-yilda korxonaning 16 nafar xodimiga imtiyozli yoʻllanmalar asosida “Oq-tosh”, “Chimyon” va “Zilol” sihatgohlarda salomatliklarini tiklab keldilar.

Yurtimizning koʻxna shaxri Samarqandga ishchi xodimlarni madaniy xordiq chiqarishi uchun sayoxatga borilgan.

Bayram kunlari munosabati bilan xodimlar uchun sovgʻa, oziq-ovqat va moddiy yordam ajratilgan.

“Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJda ham jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi boʻyicha bosh direktor Avinash Kumar va kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Alisher Meliboyevlar xisobot berishdi.

Koʻmakka ehtiyoj sezgan xodimlarga kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan moddiy yordam koʻrsatildi. Ishda namuna va jonbozlik koʻrsatgan, korxonaning iqtisodiy oʻsishida oʻzining munosib xissasini qoʻshib kelayotgan ishchi-xodimlar ish beruvchi va kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan qoʻllab quvvatlanmoqda.

Jismoniy tarbiya va sporni ommalashtirish, korxona ishchi-xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sohligʻini mustahkamlashga koʻmaklashishi, yoshlarni sportga keng jalb qilish maqsadida bir qator sport musobaqalari oʻtkazilgan. Ushbu musobaqalarda faol ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirilgan.

Mehnatni muhofaza qilish boʻlimi ham toʻliq bajarilgan. Xodimlarni belgilangan muddatlarda oʻrnatilgan normalar boʻyicha sut (shunga teng boʻlgan boshqa oziq-ovqat maxsulotlari), maxsus kiyim-bosh maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlangan.

“Qoʻqon biokimyo” AJda  konferensiya kun tartibida jami uchta masala koʻrib chiqildi. Mazkur jamoa shartnomasining 2023-yili bajarilishi yuzasidan nazorat komissiyasining dalolatnomasi, boshqaruv raisi tomonidan bajarilgan  ishlar haqida hisoboti, va jamoa shartnomasining kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan bajarilishi hisoboti tinglandi.

Xodimlar uchun ish beruvchi va kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan moddiy yordamlar ajratilgan. “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida Samarqand shahriga sayoxat tashkil qilingan, xodimlarning farzandlari uchun  bolalar sogʻlomlashtirish oromgoxlariga imtiyozli yoʻllanmalar berilganligi tanishtirib oʻtildi.

Shundan soʻng delegatlarning fikr va mulohazalari eshitildi. Konferensiyaning yakuniy qaroriga koʻra ushbu jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi qoniqarli deb baholandi.

Print Friendly, PDF & Email