MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа

Joriy yilning 29-mart kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida korxonada reja asosida korxona va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi kelishuvga asosan, “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazish,  mehnat faoliyatiga tayyorlash hamda yoshlarni ishlab chiqarish sharoitlari bilan tanishtirish maqsadida Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 23-umumta’lim maktabining 10-11-sinf o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni”  tashkil etildi.

Dastlab o‘quvchilar korxona muzeyida bo‘lib, korxona tarixi, faoliyati va xavfsizlik qoidalari, ichki tartib-qoidalar bilan korxona mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandisi Otabek Mo‘minov tomonidan tanishtirildi. Shuningdek, ular korxonaning ma’naviyat va ma’rifat xonasida bo‘lishdi. Unda korxona ichki kommunikatsiya, ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar ishlari guruh rahbari B.Mamatov tomonidan o‘quvchilarga korxona yutuqlari, olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning “Harakatlar strategiyasi” elektron kitobi va uning mazmu-mohiyati to‘g‘risida tushuncha berildi.

Shundan so‘ng, o‘quvchilar korxonaning ishlab chiqarish sehlari tomon biriktirilgan mutaxassislar bilan birga olib borildi. Bunda mutaxassislar tomonidan o‘quvchilar korxonada ishlab chiqarish jarayoni, pog‘onalari hamda sharoitlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari bilan batafsil tanishtirildilar.

 “Ochiq eshiklar kuni”da maktab o‘quvchilari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib,  ijobiy taassurotlar bilan qaytdilar.

Print Friendly, PDF & Email