“BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI” MCHJ XKDA JAMOA SHARTNOMASI KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq tizimidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’ulyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasida 2022-2024-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi yuzasidan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Dastlab “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Diyor Alimov, Bosh direktor o‘rinbosari Mansur Aralov ushbu yo‘nalishda jamoa shartnomasiga binoan, 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar va ularning ijrosi, erishilgan yutuqlar, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot tinglandi.  Yuridik xizmat rahbari Zuxra To‘ychiyeva jamoat shartnomasi ijrosi bo‘yicha tuzilgan komissiya dalolatnomasini o‘qib eshitirdi.

Korxona bosh direktori G‘ulomjon Ibragimov jamoat shartnomasida ko‘zda tutilgan bandlari ijrosi taʼminlanganligi va kelgusida ishchi-xodimlar uchun yaratiladigan shart -sharoitlar haqida so‘z yuritdi.

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shavkat Tairov muhtaram  yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom etayotganligi,  shu o‘rinda kasaba uyushmalariga alohida eʼtibor qilinayotganligi to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shu qatorda jamoa shartnomasining mazmun mohiyati, xodimlar manfaatlari yo‘lida korxona jamoa shartnomasi ijrosi talab darajasida amalga oshirilganligini ta’kidladi.

 

Shundan so‘ng konferensiya ishtirokchilari A.Shilov B.Pulatova, O.Mo‘minov A.Sherbutayev va B.Abduraxmonovlar 2022-2024-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Muloqotda ishchi-xodimlar mavzuga oid savollariga javob olishdi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK maʼmuriyati hamda korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi jamoa shartnomasi bandlarining 2023-yilda bajarilishi yuzasidan olib borilgan ishlari “qoniqarli”  deb topildi.

Print Friendly, PDF & Email