JAMOA SHARTNOMASINING BAJARILISHI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika  kengashi  tizimidagi korxona va tashkilotlarda  jamoa shartnomalari orqali 65 mingdan ziyod ishlovchining manfaatlari qamrab olingan.

Tarmoqning aksariyat korxonalarida jamoa shartnomalaridagi tadbirlar sonining oshirilishida ijobiy tamoyil barqaror tus olgan. 

Bugungi kunda tizimda jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali ancha keng doiradagi masalalar oʻz yechimini topmoqda va bu nafaqat mehnat munosabatlarini samarali boshqarish, mehnat sharoitlarini baholash mezonlarini kelishib olish shuningdek, barqarorlik, fuqaro totuvligi hamda mehnat jamoalarida hamjihat boʻlib ishlash imkonini bermoqda.

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimidagi eng yirik korxonalardan biri boʻlgan “Maxam- Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida 2022-2024-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi boʻyicha Madaniyat saroyida Mehnat jamoasi konferensiyasi oʻtkazildi.

“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatidagi 2022-2024-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasinining 2023-yilda bajarilishi boʻyicha  “Maxam-Chirchiq”  AJ  boshqaruv raisi Xotam Anvarovich Saydaxmedov va kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Baxtiyor Muxammedovich Abdullayevlar tomonidan yil davomida ijtimoiy sheriklik asosida ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash maqsadida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berdilar.

Jamoa shartnomasining bajarilishi boʻyicha komissiya raisi Urakova Alfiya Karimovna dalolatnoma bilan tanishtirdi.

“Madad” uyushmasining raisi Zoya Mixaylovna Glushuk 2023-yil davomida jamoa shartnomalari boʻyicha uyushmaga koʻrsatilgan yordamlar toʻgʻrisida gapirdi.

Kun tartibidagi barcha masalalar koʻrib chiqildi.

Soʻzga chiquvchilar korxona jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishini qoniqarli deb topishdi. “Maxam-Chirchiq”  AJ  jamoa shartnomasining bajarilishi boʻyicha qaror qabul qilindi.

 Maʼruzalar tugagach ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi  xodimlarni  qiziqtirgan savollarga  javob  berildi.

Print Friendly, PDF & Email